SportUz.Net
photo photo

"Liverpul" futbolchisi "Inter"ga o'tadi

03.03.2021 17:23    


Rasmni yuklab olish

Niderlandiyalik yarim himoyachi Jorjino Veynaldum katta ehtimol bilan yozgi transfer oynasida klubini o'zgartiradi.

30 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning yozida yakunlanadi va u klub bilan bitimni uzaytirish borasida kelisha olmadi.

Xavbek Milanning "Inter" klubiga o'tishga yaqin. Tomonlar yakuniy muzokaralarni o'tkazishdi va hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Veynaldum joriy mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: