SportUz.Net

ECHL. Fatining yagona goli "Barselona"ga Kievda g'alaba keltirdi

03.11.2021 09:25    


Rasmni yuklab olish

Evropa CHempionlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o'rin olgan "Dinamo Kiev" - "Barselona" uchrashuvi taqdirini yagona gol hal qildi.

Ansu Fatining 70-daqiqada kiritgan yagona goli kataloniyaliklarga muhim uch ochkoni taqdim etdi. "Kamp Nou"dagi ilk o'yinda ham "Barselona" xuddi shu hisobda zafar quchgan edi.  

"Dinamo Kiev" – "Barselona"  0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 70 Fati.

"Dinamo Kiev" – Bushhan, Kendzera (Tymchik, 77), Sirota, Zabarnyy, Karavaev, Sidorchuk, Buyalskiy (Lednev, 81), de Pena (Verbich, 77), Cigankov, SHaparenko (SHepelev, 81), Garmash (Vitino, 71).

"Barselona" – ter Stegen, Mingesa, Langle (Arauxo, 79), Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong, Niko Gonsales, Gavi (Dembele, 65), Depay, Fati (Balde, 87).

Ogohlantirishlar: Erik Garsiya (20), Garmash (41), Buyalskiy (45), Gavi (46), Langle (50).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: