Ijtimoiy tarmoqlarga ovoz berish natijalari aks etgan surat tarqaldi. Tvitterda tez tarqalayotgan ushbu rasmga ko'ra, "Oltin to'p"ni "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski qo'lga kiritadi.
22 oktyabr kuni yakunlangan ovoz berishda ikkinchi o'rinni Lionel Messi, uchinchi o'rinni esa Karim Benzema egallagani aytilmoqda.
Aytish joizki, o'tgan yili pandemiya sababli "Oltin to'p"ni topshirmaslikka qaror qilingan edi. SHu bilan birga, ko'plab mutaxassislar va muxlislar mukofot Robert Levandovskidan tom manoda tortib olingan deb hisoblashadi, chunki 2020 yilda u ajoyib o'yin ko'rsatdi va "Bavariya" qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarning sohibi bo'ldi.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi