
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchi o'zi qarshi maydonga tushgan barcha ingliz klublari darvozasini ishg'ol qilgan, faqatgina "Liverpul"dan tashqari. Ha, Salax hech qachon "Liverpul" darvozasini ishg'ol qilmagan. Biroq u bir marta "qizillar"ga qarshi maydonga tushgan.
O'sha yagona uchrashuv 2013/14 yilgi mavsumda ro'y bergan. "Qizillar" "Enfild"da "CHelsi"ga imkoniyatni boy berishgan (0:2), Salax esa maydonda 60 daqiqa harakat qilgan bo'lsada, gol ura olmagan.
Eslagan bo'lsangiz, bu o'sha Stiven Jerrard sirpanib ketib, to'pni yo'qotgan va amalda "Liverpul"ni chempionlikdan quruq qoldirgan bellashuv.
Humoyun To'xtamurodov raqibiga faoliyatidagi 26-mag'lubiyatini "sovg'a qildi" (VIDEO)