Argentina terma jamoasi JCH-2022 saralashida Boliviyani mag'lub etdi. Uchrashuvda maydon egalari 3:0 hisobida zafar quchdi.
O'yindagi uchala to'p ham Lionel Messi tomonidan kiritildi.
SHu tariqa Messi faoliyati davomida 750-golini kiritdi. Buning uchun forvardga 932 ta o'yin kerak bo'ldi.
Malumot uchun, hozirda Messining terma jamoada 79 ta goli bor, bu xalqaro futbol tarixidagi barcha Janubiy Amerika futbolchilari orasida eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.