SportUz.Net
photo photo

SHveciyaning O'zbekiston bilan o'yin uchun asosiy tarkibi malum

05.09.2021 15:25    


Rasmni yuklab olish

SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Andresson O'zbekiston bilan bahs uchun asosiy tarkibni elon qildi.

SHveciya:
Darvozabon

Kristoffer Nordfeldt (AIK, SHveciya)

Himoyachilar
Mattias Yoxansson ("Legiya", Polsha)
Markus Danielson ("Dalian Professional", Xitoy)
Yoakim Nilsson ("Arminiya", Germaniya)
Martin Olsson ("Malmyo", SHveciya)

Yarim himoyachilar
Ken Sema ("Uotford", Angliya)
Mattias Svanberg ("Bolonya", Italiya)
Yens Kayuste ("Midtyulland", Daniya)
Yesper Karlsson (AZ, Niderlandiya)

Hujumchilar
Isaak Kize Telin ("Anderlext", Belgiya)
Robin Kuayson ("Al Ittifoq", Saudiya Arabistoni)


Daniel Sundgren ("Aris", Greciya), Karl Starfelt ("Seltik", SHotlandiya) va Jordan Larsson ("Spartak", Rossiya) ham O'zbekiston bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushishadi. Bugungi bahsda SHveciya terma jamoasini Markus Danielson sardor sifatida maydonga boshlab tushadi.

Danielson diskvalifikaciya tufayli Ispaniyaga qarshi o'ynay olmagan edi.

O'zbekiston bilan bahsda Emil Kraft ("Nyukasl", Angliya) maydonga tusha olmaydi. Sababi u yaqin kunlarda ota bo'ladi va terma jamoa lagerini tark etgan. Albin Ekdal ("Sampdoriya", Italiya) va Filip Xelander ("Glazgo Reynjers", SHotlandiya) ham bugungi uchrashuvda ishtirok eta olishmaydi.

SHveciyaning Ispaniya bilan o'yindagi asosiy tarkibini eslatib o'tamiz:
Robin Olsen, Emil Kraft, Viktor Lindelyof, Lyudvig Augustinsson, Viktor Klaesson, Albin Ekdal, Aleksandr Isak, Emil Forsberg, Filip Xelander, Kristoffer Olsson, Deyan Kulusevski.

Eslatib o'tamiz, SHveciya - O'zbekiston uchrashuvi bugun, 5 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. Uchrashuv Stokgolmdagi "Friends Arena" stadionida bo'lib o'tadi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: