"Terma jamoa bilan ajoyib besh yilni o'tkazdik va bundan zavq oldik. Biz bir jamoaga aylangandik. O'ylaymanki, barchada men va murabbiylar shtabi terma jamoa bilan shartnomani uzaytirmagani haqida savollar bor.
Evro-2020dagi mag'lubiyatdan keyin biz terma jamoa bilan shartnomani uzaytirish qaroriga kelgandik. Kievga kelganidan so'ng Ukraina futbol federaciyasi prezidenti Andey Pavelko bilan uchrashdik va u ham bu haqida bilardi. U esa buni hozir muhokama qilishga tayyor emasligini aytdi. Men esa tatilga ketdim.
Keyin biz Evro-2020 finalida uchrashdik va shartnoma uzaytirish borasida xech qanday gap-so'z bo'lmadi.
30 iyul kuni shartnoma muddati yakunlandi va men bu haqida ijtimoiy tarmoqda elon qildim. Men ketyapman demadim. Biz terma jamoada ishlashda davom etishni istagandik. Haqiqat shu", - dedi SHevchenko.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Ukraina terma jamoasini Aleksandr Petrakov boshqarmoqda.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi