SportUz.Net
iks
ads

Joshua va Jeykning bugungi jang uchun gonorarlari aytildi

20.12.2025 13:30    


Rasmni yuklab olish

Ushbu jang tashkilotchilariga yaqin manbalarning aksariyati har ikki bokschi taxminan 90 million dollar atrofidagi gonorar haqida gapirayotgandi.

So'nggi face to face marosimidan keyin Jeyk Pol va Entoni Joshua bilan suhbatlashgan taniqli sharhlovchi Ariel Xelvani bokschilar qancha gonorar olishi haqida o'z malumotlari bilan bo'lishdi.

"Ey Jey va Jeyk Pol - bu yigitlar o'n millionlab dollar pul olishadi. Eshitishimcha, gap har bir bokschi uchun 40-50 million dollar atrofidagi mablag' haqida ketmoqda. Nima deb o'ylaysiz, nima uchun Jeyk Pol bu yigit bilan urishdi? Bu aqlsizlik emasmi? Bu juda katta xavf edi", - dedi jurnalist studiyada Xorxe Masvidal va Kayla Xarrison bilan suhbatlashar ekan.

Malumot uchun, vazn o'lchash marosimida Entoni Joshua raqibidan 12 kilogramm og'irroq tosh bosgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: