SportUz.Net
photo photo

Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi bugun tunda keladi

18.08.2021 09:25    


Rasmni yuklab olish

O'FA sloveniyalik murabbiy Srechko Katanec bilan kelishuvga erishganidan xabaringiz bor.

Sloveniya terma jamoasi bilan Evropa va jahon chempionatida qatnashgan ushbu mutaxassis shartnoma imzolash maqsadida bugun tunda yurtimizga etib keladi. Katanecning O'FA rahbariyati bilan uchrashib, shartnoma tuzishdan tashqari keyingi rejalarni hal qilib olishi ko'zda tutilgan. 

Eslatib o'tamiz, 58 yoshli murabbiyning oxirgi ish joyi Iroq terma jamoasi bo'ldi. U iroqliklarni JCH-2022 saralash bahslarida uchinchi bosqichga olib chiqdi va shu yilning boshidan beri maosh olmagani bois majburan o'z lavozimini tark etdi. Srechko Katanec endilikda O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: