SportUz.Net
photo photo

Odil Ahmedov: "SHomurodovning kelajakda "Real" va "Barselona"da o'ynashi mumkinligiga ishonaman"

29.07.2021 18:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Odil Ahmedov Eldor SHomurodovning "Jenoa"dan "Roma"ga o'tishiga izoh bildirdi.

"Eldor uchun juda ham mamnunman, bu ajoyib yangilik. Umid qilamanki, u bilan "Roma"da hammasi yaxshi bo'ladi va futbolchi sifatida o'sadi. Uning kelajakda Madridning "Real" va "Barselona" klublarida o'ynashi mumkinligiga ishonaman. Buning uchun SHomurodovda barchasi bor. Bu butun O'zbekiston uchun katta quvonch, u mamlakatda futbolni ommalashtirmoqda va katta namuna bo'lmoqda.

Joze Mourinyu qo'l ostida Mxitaryan - SHomurodov bog'lamini ko'rish juda qiziq bo'ladi. Uning Italiya chempionatida porlashini tilayman. Asosiysi, jarohatlarsiz. Faqat omad va muvaffaqiyat", - deydi Ahmedov.

Eslatib o'tamiz, oldinroq bir qator insayderlar SHomurodovning "Roma"ga o'tishga yaqinligini xabar qilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: