SportUz.Net
photo photo

Klopp “Everton”ga uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi

21.02.2021 09:23    


Rasmni yuklab olish

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining APL 25-turida “Everton”ga (0:2) uchragan mag'lubiyati haqida gapirdi.

“Bundan natijani qabul qilish qiyin. Biz juda tez, umuman kerak bo'lmagan holatda gol qabul qilib oldik. O'sha vaziyatda yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi. SHundan keyin biz hisobni tenglashtirish uchun ancha mehnat qildik, ko'plab vaziyatlarni yarata oldik. Ammo ularni golga aylantirishda oqsadik. Birinchi bo'limda bitta xato qildik, raqib undan foydalandi. Ijobiy jihatlarimiz haqida gapirmoqchi emasma, chunki yutqazdik. Biz vaziyatlardan samarali foydalanishni oshirishimiz kerak, shunda g'alabaga erisha olamiz.

Yutqazdik, kamiga Xendersonni yo'qotdik, ammo yigitlar vaziyatni his qilib turishibdi.

Penalti bormidi? Agar hozir bu haqda gapiradigan bo'lsam, bu haqda OAV da jar solinadi. VAziyat ortda qoldi, hakam qaror qabul qilib bo'ldi. Agar VAR hakamni monitor oldiga chorlasa, vaziyat bahsli bo'lgani aniq. Muhimi hakam o'z qaroriga ishonch hosil qilishi uchun ko'p vaqt talab etilmadi. Bunga boshqa izoh berolmayman.

Hakam vaziyatni yaqqol ko'rganiga ishonchim komil emas. Uning o'zidan so'rab aniqlik kiritishinglar mumkin. Penalti belgilanmagan taqdirda ham biz 0:1 hisobida ortda qolayotgandik...”, dedi Klopp.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: