
APLning amaldagi chempionlari yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Muhammad Salohning o'rniga "Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Maykl Oliseni sotib olishni reja qilmoqda. Nemis grandi 23 yoshli futbolchini sotmoqchi emas, biroq "Liverpul" francuzga 200 million evro takli qilib, "Bavariya"dagilarni ko'nishiga ishonmoqda.
Agar ushbu transfer amalga oshsa, "Liverpul" tarixidagi eng qimmat xaridni amalga oshirgan bo'ladi. Olise joriy mavsum 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 7 ta assist bor. Uning nemis grandi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi.
