SportUz.Net
iks
ads

Misr terma jamoasi sobiq yulduzi kechagi uchrashuv uchun bosh murabbiyni tanqid qildi

15.11.2025 14:06    


Rasmni yuklab olish

Misr terma jamoasi sobiq futbolchisi Ahmad Bilol kechagi uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Hossam Hassanni keskin tanqid qildi.

"Hossam Hassan janoblari kecha Jahon chempionatiga ilk bor chiqqan terma jamoaga qarshi maydonga tushdi. Biz O'zbekistondan FIFA reytingida ancha tepadamiz, biroq ular bizdan 20 yoki 30 baravar o'yin tomonlama ustunlik qildi. Ular bizni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. O'zbekiston yana 8 yoki 9 ta gol urishi ham mumkin edi. Biz asosiy tarkibimiz bilan bunday natija ko'rsatmasligimiz kerak edi. 

Atigi 2 ta gol o'tkazib yuborganimiz uchun darvozabonimizga rahmat aytishimiz kerak. U 4-5 ta birga-bir vaziyatlarda jamoamizni muqarrar gollardan saqlab qoldi. Bo'lmasa, uchrashuv juda yirik hisobdagi mag'lubiyat bilan yakunlanardi", - dedi Ahmad Bilol.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: