SportUz.Net
iks
ads

Misr terma jamoasi ustozi kechagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

15.11.2025 10:06    


Rasmni yuklab olish

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassan kechagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushdik, biroq mag'lub bo'ldik. Bu futbolda bo'lib turadigan holat. Biz bugungi bahsdan to'g'ri xulosalar chiqarib olishimiz kerak. O'zbekiston kuchli jamoa va ular Osiyoda o'z o'rinlariga ega. 

Bugungi bahsda jamoamizning 10 nafar asosiy futbolchilarimizdan foydalana olmadik. Tarkibning 90 foizi bugungi bahsda o'ynmadi. Men O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi Marvan Usmon, Mahmud Sobir va Zalaka kabi yangi o'yinchilarni o'ynatdim, ular bu muhitga ko'niksin.

Umuman olganda, men futbolchilarning ikkinchi bo'limda O'zbekistonga qarshi o'yinidan mamnunman va Afrika Millatlar Kubogida g'alaba qozonish uchun raqibga qarshi kuchli o'yin ko'rsatish zarurligini takidladim. Birinchi bo'limda g'alati individual xatolar va himoyachilarning g'alati xatti-harakatlari bo'ldi. SHu sabab O'zbekiston ikkita gol urdi, ammo ikkinchi bo'limda biz yaxshiroq jamoa bo'ldik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: