SportUz.Net

Ukraina ekstra taymning so'nggi soniyalarida gol urib, oxirgi chorak finalchiga aylandi

30.06.2021 08:25    


Rasmni yuklab olish

Evropa chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan so'nggi juftlik - SHveciya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi.

O'yindan avval ko'pchilik shvedlarning imkoniyatini yuqoriroq baholayotgan edi. Ammo, yakunda bunday bo'lib chiqmadi. Andrey SHevchenko murabbiyligidagi ukrainlar eksta taymning so'nggi daqiqasida g'alaba to'pini kiritib, chorak final ishtirokchisiga aylanishdi. 

SHveciya – Ukraina 1:2 (1:1)

«Xempden Park» stadioni

Gollar: 27, Aleksandr Zinchenko, (0:1), 43 Emil Forsberg (1:1), 120+1 Artyom Dovbik (1:2)

SHveciya: Olsen — Lyustig (Kraft, 83), Lindelef, Danielson, Augustinsson (Bengtsson, 83) — S. Larsson (Klasson, 97), K. Olsson (Xelander, 101), Ekdal, Forsberg — Kulusevski (Kvayson, 97), Isak (Berg, 97).

Ukraina: Bushan — Karavaev, Zabarnyy, Krivcov, Matvienko, Zinchenko — Stepanenko (Makarenko, 94), Sidorchuk — Yarmolenko (Dovbyk, 106), Yaremchuk (Besedin, 91, Cygankov, 101), SHaparenko (Malinovskiy, 61).

CHetlatish: Danielson, 98



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: