SportUz.Net
photo photo

Luis Enrike Xorvatiyaga qarshi o'yin haqida: "Biz vaziyatni nazorat qilish uchun kurashni ko'ramiz"

28.06.2021 11:50    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Xorvatiyaga qarshi Evro-2020 1/8 final doirasidagi o'yinda nimalarni kutayotganini aytdi.

"Bizdek jamoalarga maydon markaziy juda ham muhim. Agar biz o'rta chiziqda oldimizga qo'yilgan vaziyatni bajara olmasak, o'zimizga o'xshamay qolamiz. Ammo, bunda faqat biz emas, Xorvatiya haqida ham so'z bormoqda. Biz vaziyatni nazorat qilish uchun kurashni ko'ramiz.

Biz xorvatiyalik o'yinchilarni yaxshi bilamiz. Asosiy guruh futbolchilari men ilk bor jamoani qo'lga olgan paytimdagi tarkib. Murabbiy ham o'sha-o'sha. Biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz", - deydi Enrike.

Xorvatiya - Ispaniya o'yini bugun Kopengagenda bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: