SportUz.Net
photo photo

Evro-2020. Yulduzli Portugaliyani mag'lub etgan Belgiya 1/4 finalda Italiya bilan o'ynaydi

28.06.2021 07:25    


Rasmni yuklab olish

Evropa chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan Belgiya - Portugaliya uchrashuvi taqdirini darvozaga kiritilgan yagona gol hal qildi.

G'alaba goli muallifi Torgan Azar Belgiyani chorak finalga olib chiqdi. Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya uyiga erta qaytadigan bo'ldi. Aynan Azar mazkur o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, "star of the match" ("bahs yulduzi") sovrinini qabul qilib oldi. Endi belgiyaliklar chorak finalda Italiyaga qarshi maydonga tushadilar.

Belgiya – Portugaliya 1:0

«La Kartuxa»

Gol: 1:0 – 42 Azar.

Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Vermalen, Mene, Azar, Tilemans, Azar (Karrasko, 87), Vicel, de Bryuyne (Mertens, 48), Lukaku.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Diogu Dalot, Ruben Diash, Gerreyru, Palinya (Danilu Pereyra, 78), Moutinyu (Joau Feliks, 56), Bernardu Silva (Brunu Fernandesh, 56), Sanshesh (Serjiu Oliveyra, 78), Diogu Jota (Andre Silva, 70), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Palinya (45), Diogu Dalot (51), Vermalen (72), Pepe (77), Alderveyreld (81).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: