SportUz.Net

Karlo Anchelotti o'zi ishlashni orzu qilgan klub nomini aytdi

16.04.2025 10:12    


Rasmni yuklab olish

Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Liverpulni boshqarishni orzu qilganini aytdi.

«Men «Liverpul»ni boshqarishni orzu qilardim, lekin keyin «Everton»ga keldim va ularning raqobatini jonli his qildim va endi men «Everton»ning muxlisiman. Menga derbidagi atmosfera juda yoqdi, u erda o'zgacha ishtiyoq hukm surardi», — deb fikr bildirdi Anchelotti.

Avvalroq Karlo Anchelotti «Real» bosh murabbiyligidan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Italiyalik mutaxassis «qaymoqranglilar»ni 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: