SportUz.Net
photo photo

Karim Benzema: "Zidan ketmaydi"

25.05.2021 19:50    


Rasmni yuklab olish

"Real" forvardi Karim Benzema bosh murabbiy Zinedin Zidanning ketishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga fikr bildirdi.

- Zidan "Real"ning bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning ketishiga sabab ko'rmayapman. U ketmaydi. Hozirgi "Real"ni usiz tasavvur qila olmayman.

- Sizni Franciya termasiga chaqirishmaganida Zidan o'zini qanday tutdi?
- Zizu men bilan doim ochiq-oydin gaplashadi. Bizlar yaqin insonlarmiz. Ishlar yaxshi ketsa, barchasi yaxshi ekanligini aytadi. Nimadir o'xshamasa, kamchiliklarni ko'rsatib beradi. U doimo odamning yuziga gapiradi va shu boisdan barchaning hurmatini qozongan. Bu esa menga maydonda o'zgacha ishonch taqdim qiladi.

Zidan - mening murabbiyim, uni akamdek ko'raman. U doimo barchani birdek qo'llab-quvvatlaydi va o'sib rivojlanishida o'z hissasini qo'shadi.

    


Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: