SportUz.Net
photo photo

Mayk Tayson Fyuri - Joshua jangiga o'z taxminini bildirdi

05.04.2021 09:40    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson ikki britaniyalik chempionlar o'rtasida o'tkaziladigan jang haqida gapirdi.

Afsonaning aytishicha, bo'lajak jangda WBA Super, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaga oson bo'lmaydi. Uni Tayson Fyuri bilan jangda muammolar kutmoqda. 

"Bilasizmi, menga bu jin urgur Joshua yoqadi. Lekin o'ylashimcha, Fyuri ancha chaqqon va tutqich bermas. Entoni unga tayinli zarba bera olmasa kerak. Biz ko'rib turgan haqiqatimizni gapirishimiz kerak. Joshuaning zarbasi Uayldernikidan kuchli bo'lishi mumkin, lekin tezlikda unga yutqazadi. Agar u tezlikda Deonteyga yutqazar ekan, demak Fyuriga yutqazadi. Bu esa Joshuaga katta muammo tug'diradi", — deydi Tayson.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: