Birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Kostya Czyuning o'g'li bo'lgan Tim 31 mart kuni irlandiyalik Dennis Xoganni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. Zerafaning promouteri Tim va uning jamoasiga o'zaro jang o'tkazish uchun 1 million dollar taklif qilishdi.
"Timning Zerafadan qochib yurishi, turli bahonalari jonimga tegdi. Bu Avstraliya boksi tarixidagi eng katta jang bo'lar edi. Ha, Tim yaxshi jangchi. Lekin u oxirgi jangida 36 yoshli Xoganni mag'lubiyatga uchratdi. Bu Dennisning ketma-ket ikkinchi mag'lubiyati edi. Boz ustiga jangdan oldin u jarohat olgandi. Tim hech qachon Maykl Zerafa kabi bokschilar bilan to'qnash kelmagan. Uning raqiblari hech qachon jahon chempioni bo'la olmaydi. Tim oldin Avstraliyani zabt etsin", — dedi Zerafaning promouteri.