Bahodir Jalolov, SHahram G'iyosov va Dilshodbek Ro'zmetov o'quv-yig'in mashg'uloti o'tkazish maqsadida Qirg'izistonning Issiqko'l viloyatiga jo'nab ketdi. Bu haqda Bahodir Jalolov saytimiz muxbiri bilan suhbatda malum qildi. Jalolovga ko'ra, yig'in 27 avgustga qadar davom etadi.
Avvalroq, Dmitriy Bivolning ham yig'in o'tkazish maqsadida Issiq-Ko'lga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.