SportUz.Net

AIBA prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

02.04.2021 19:40    


Rasmni yuklab olish

Bugun, 2 aprel kuni Milliy olimpiya qo'mitasida Xalqaro boks federaciyasi prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda Kremlyovdan tashqari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ raisi o'rinbosari va O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, OAV xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.
Anjuman davomida MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov so'zga chiqib, yurtimizda mamlakatimiz rahbari tomonidan sportga qaratilayotgan etibor, yaratilayotgan sharoit haqida gapirdi.

Saken Polatov esa oldimizda turgan vazifa jiddiy ekanligi, mamlakatimizda boksni yanada rivojlantirish uchun AIBA bilan hamkorlikda bir necha loyihalar olib borilishini aytib o'tdi.

AIBA prezidenti Umar Kremlyov esa O'zbekiston boksi jahon miqyosida tan olinganini, O'zbekiston haqiqiy boks mamlakati ekanligini etirof etib o'tdi.

SHuningdek, tadbirning kulminacion nuqtalaridan biri - AIBA prezidenti 2023 yilgi jahon chempionati mezbonligi O'zbekistonga ishonib topshirilganligini elon qilgani bo'ldi.

SHundan so'ng, O'zbekiston boks federaciyasi raisi maslahatchisi Malik Babaev tomonidan 2023 yilgi jahon chempionati uchun tayyorlangan taqdimot o'tkazildi.

So'ngra OAV vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan anjuman ishtirokchilariga murojaat qilishdi.

 








O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: