SportUz.Net
photo photo

Mirazizbek Mirzaxalilov: "Prof boksdagi debyutim o'z Vatanimda bo'layotganidan xursandman"

02.04.2021 08:40    


Rasmni yuklab olish

Prof boksda debyut qiladigan Mirazizbek Mirzaxalilov jang oldi fikrlarini bildirdi.

“Prof boksdagi ilk jangim o'z Vatanimda bo'layotganidan juda ham xursandman. Xudo xohlasa, menga ishonch bildirgan barchani ishonchini oqlashga harakat qilaman. Raqibim haqida hali to'liq malumotga ega emasman. SHuning uchun 1-raundda uni o'rganib, shunga qarab jang qilaman. Sportchiga raqib kim bo'lishini farqi yo'q. Biz bokschimiz va ringga chiqqanda buni isbotlashimiz kerak. Tayyorgarlik jarayonlari yaxshi bo'ldi. Rossiyadagi mashg'ulotlarda bizdan tashqari mezbon bokschilar, Belorussiya, Qozog'iston vakillari ham qatnashdi. Ular bilan birgalikda sparing janglarini ham o'tkazdik. 3 aprel kungi boks oqshomida muxlislarimiz ko'z oldida ringga ko'tarilishimiz bizga kuch bag'ishlaydi”, - dedi Mirazizbek Mirzahalilov.

Xurshida Abdikulova yozib oldi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: