
"Hozir biz muzokara olib boryapmiz. Jarayon juda yaxshi ketmoqda. Ishonaman va duo qilamanki, biz buni uddalay olamiz. Biz muxlislarga ular ko'rishni istagan narsani taqdim etamiz.
Hozir ular meni do'pposlash mumkin deb hisoblashadi. Lekin shuni unutmangki, mening kuchli zarbam hech qaerga ketmagan. Men buni bilaman. Mag'lubiyating qancha ko'p bo'lsa, tanloving ham shuncha ko'p bo'ladi. G'alaba qozonganingda esa, senga qarshi ringga chiqishni xohlovchilar umuman bo'lmaydi", - deya Uaylderning so'zlarini keltiradi BoxingScene portali.
Avvalroq Aleksandr Usik Deontey Uaylder bilan uchrashish istagini uning superog'ir vazn toifasidagi eng mashhur bokschilar qatoriga kirishi va uzoq vaqt davomida ushbu vazndagi eng xavfli bokschilardan biri hisoblangani bilan izohlagandi.
Eslatib o'tamiz, Uaylder so'nggi janglarida nafaqat Tayson Fyuriga, balki Jozef Parker va CHjan CHjileyga ham yutqazdi.

Olti nokaut va bitta durang. UFC on ESPN 73 turnirining barcha natijalari bitta xabarda
PFL turnirining barcha natijalari bitta xabarda: Fedor Emelyanenkoning shogirdi chempion!
Qozog'iston bokschilari IBA Jahon chempionatidan qancha mukofot puli ishlab olishdi?