SportUz.Net
iks
ads

2025 yilning so'nggi UFC turniri asosiy jangida nokaut qayd etildi

14.12.2025 12:15    


Rasmni yuklab olish

Biroz avval AQSHning Las-Vegas shahrida asosiy jangi Ramazon Temirov vaznida kechgan UFC on ESPN 73 turniri yakuniga etdi.

Oqshomning asosiy jangi eng engil vazn toifasida o'tkazildi va unda Brendon Royval Manel Kapega qarshi oktagonga chiqdi. Bu hamyurtimiz Ramazon Temirov janglarini o'tkazadigan vazn toifasi hisoblanadi. 

Kutilgan jang uzoq davom etmadi. Portugaliyalik 32 yoshli aralash yakkakurash ustasi Manuel Kape birinchi raundda amerikalik 33 yashar Brendan Royvalni texnik nokautga uchratdi. U jang yakunlanishi bilanoq o'tgan hafta osonlik bilan chempionlik kamarini qo'lga kiritgan myanmalik Joshua Vanga "vyzov" tashladi. U fevral oyidayoq jang qilishga tayyorligini aytdi. 

Malumot uchun, Manuel Kape (haqiqiy ism-sharifi Manuel Pedru Gomesh) UFC eng engil vazn toifasi reytingida oltinchi, Royval esa ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Bu Kapening ketma-ket qo'lga kiritgan uchinchi g'alabasi bo'ldi. Brendon Royval esa aksincha, qatorasiga ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: