
Stiven Asplund va SHon SHaraf o'rtasidagi to'qnashuv UFC on ESPN 73 turnirining eng yaxshi jangi deb topildi. Dunyoning eng kuchli ligasida debyut qilgan Asplund ikkinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi. Jangda nokaut qayd etilgan bo'lsa ham, u bir tomonning ustunligida o'tmadi. Ikkinchi raundda SHaraf ustunlikka erishdi, lekin yakunda baribir Asplund g'alabaga erisha oldi.
Oqshomning qolgan ikki bonusi Manel Kape va Kevin Valexosga nasib etdi. Kape turnirning asosiy jangida reytingning ikkinchi pog'onasida borayotgan Brendon Royvelni birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratdi. Kevin esa co-main event jangida gruziyalik Giga CHikadzeni nokaut evaziga mag'lub etdi.
Asplund, SHaraf va Valexos faoliyatlarida ilk bor 50 000 dollarlik bonusga ega chiqishdi. Kape esa UFC promoushenida uchinchi marotaba qo'shimcha mukofot puliga loyiq ko'rildi.

SHarabutdin Ataev Toshkentdagi chempionlik haqida: "Ikki yil oldingisi ancha yorqin va qimmatli edi"