
"Menni Pakyao qanday qilib bunday bo'lib qolganini tushuntirishim qiyin. Ha, juda mushkul. Gullar, kulchalar sotardim, ko'chada uxlardim. Bazan ovqat erdim, bazan esa yo'q. Men shunchaki tirik qolish uchun hamma narsani qildim. Katta orzu hamda Xudo tufayli erishganlarimga erishdim", - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, 46 yoshli Menni Pakyao shu yilning yozida katta sportga qaytgandi. U yarim o'rta vazn toifasida amaldagi WBC chempioni Mario Barrios bilan 12 raundlik jangda durang natija qayd etgan edi. Uning keyingi raqibi hali malum emas, shunisi aniqki, u qo'lqoplarni mixga ilishni rejalashtirmayapti.

SHarabutdin Ataev Toshkentdagi chempionlik haqida: "Ikki yil oldingisi ancha yorqin va qimmatli edi"