
UFC on ESPN 73 oqshomining asosiy jangi eng engil vazn toifasida o'tkazilib, unda reytingning ikkinchi pog'onasida borayotgan amerikalik Brendon Royval biroz kutilmaganda oltinchi o'rinni egallab turgan portugaliyalik Manel Kapega birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan yutqazib qo'ydi.
Turnirning co-main event, yani muhimligi jihatidan ikkinchi jangi yarim engil vazn toifasida tashkil etildi. Argentinalik Kevin Valexos Gruziya vakili Giga CHikadzeni ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Bu Kevinning UFC oktagonidagi ketma-ket uchinchi g'alabasi bo'ldi.
Asosiy kardning uchinchi jangida o'rta vazn toifasi vakillari CHezari Olekseychuk va Sezar Almeyda o'zaro oktagonda to'qnash keldi. Uch raund to'liq davom etgan to'qashuvda polshalik aralash yakkakurash ustasi hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Ukrainalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Yaroslav Amosov promoushendagi debyutini muvaffaqiyatli boshladi. U birinchi raunddayoq anakonda usulida amerikalik Nil Megnini bo'g'ib qo'ydi. SHuningdek, Melkuizael Kosta, Stiven Asplund va Jeymi-Lin Xort ham bugungi turnirda muddatidan avval g'alabaga erishishdi.
UFC on ESPN 73 turnirining barcha natijalari:
Asosiy kard janglari
Manel Kape Brendon Royvalni nokautga uchratdi (zarba) – 1-raund, vaqti 3:18
Kevin Valexos Giga CHikadzeni nokaut qildi (qo'l zarbasi) – 1-raund, 1:29
CHezari Olekseychuk Sezar Almeydani ochkolar hisobiga ko'ra engdi (30-27, 30-27, 30-27)
Melkuizael Kosta Morgan SHareni nokautga uchratdi (boshga oyoq bilan zarba) — 1-raund, 1:14
Kennedi Nzechukvu va Markus Almeyda o'rtasidagi jangda durang qayd etildi (28-28, 28-28, 28-28)
Bobbi Grin Lens Gibsonni hakamlarning ayri qarori bilan yutdi (28-29, 29-28, 29-28)
Prelim kard janglari
Yaroslav Amosov Nil Megnini sabmishn (anakonda usuli) qildi – 1-raund, 3:14
Joanderson Brito Ayzek Tomsonni ochkolar bo'yicha taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28)
Stiven Asplund SHon SHarafni texnik nokautga uchratdi (zarba) – 2-raund, 3:49
Luan Santos Melissa Krodenni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi (30-27, 29-28, 29-28)
Gilerme Pat Allen Frayni ochkolar bo'yicha yutdi (30-27, 30-27, 30-27)
Jeymi-Lin Xort Tereza Bledni texnik nokautga uchratdi (zarba) – 1-raund, 2:05

Hasanboy Do'smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi