SportUz.Net
iks
ads

IBA Jahon chempionatining barcha 13 vazndagi g'olib va sovrindorlari

14.12.2025 09:39    


Rasmni yuklab olish

Kecha BAAning Dubay shahrida boks bo'yicha IBA Jahon chempionati yakuniga etdi.

Umumiy mukofot jamg'armasi 8,2 million bo'lgan, chempionlari 300 ming AQSH dollaridan olgan Jahon chempionatida Rossiya terma jamoasi 7 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Rossiyalik bokschilarning bari jahon chempionatining medaliga ega chiqdi. 

Qozog'iston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etdi. O'zbekiston terma jamoasi esa bu safar kuchli uchlikni yakunlab berdi. CHarm qo'lqop ustalarimiz 2 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi. 

IBA Jahon chempionatining barcha vaznlardagi g'olib va sovrindorlari:

48 kg vazn toifasi  

1. Subxan Mamedov (Ozarbayjon)  

2. Edmond Xudoyan (Rossiya)  

3. Saxil Alaxverdovi (Gruziya) 

3. Temirtas Jusupov (Qozog'iston)  


51 kg vazn toifasi 

1. Hasanboy Do'smatov (O'zbekiston)  

2. Bair Batlaev (Rossiya)  

3. Rudolf Garbayan (Armaniston)

3. Patrik CHinemba (Zambiya)  


54 kg vazn toifasi 

1. Saken Bibosinov (Qozog'iston)  

2. Vyacheslav Rogozin (Rossiya)  

3. CHandra Baxadur Tapa (Nepal) 

3. Asilbek Jalilov (O'zbekiston)  


57 kg vazn toifasi  

1. Orazbek Assilkulov (Qozog'iston)  

2. Husravxon Rahimov (Tojikiston)  

3. Andrey Peglivanyan (Rossiya) 

3. Xo'janazar Nortojiev (O'zbekiston)  


60 kg vazn toifasi  

1. Vsevolod SHumkov (Rossiya)  

2. Abdumalik Xalokov (O'zbekiston)  

3. Akmal Ubaydov (Tojikiston) 

3. Artur Bazeyan (Armaniston)  


63,5 kg vazn toifasi  

1. Ilya Popov (Rossiya)  

2. Omar Livaza (Qirg'iz Respublikasi)  

3. Ertugan Zeynullinov (Qozog'iston) 

3. Emmanuel Katema (Zambiya)  


67 kg vazn toifasi  

1. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (O'zbekiston)  

2. Evgeniy Kool (Rossiya)  

3. Aleksandru Paraskiv (Moldova) 

3. Ovanes Bachkov (Armaniston)  


71 kg vazn toifasi 

1. Abilayxan Jusupov (Qozog'iston)  

2. Sergey Koldenkov (Rossiya)  

3. Ixtiyar Nishonov (Qirg'iz Respublikasi) 

3. Bayramdurdi Nurmuhammedov (Turkmaniston)  


75 kg vazn toifasi  

1. Ismail Mucolgov (Rossiya)  

2. Sabirjan Akkalikov (Qozog'iston)  

3. Jibril Traore (Mali) 

3. Fazliddin Erkinboev (O'zbekiston)  


80 kg vazn toifasi  

1. Jambulat Bijamov (Rossiya)  

2. Javohir Ummataliev (O'zbekiston)  

3. Gazimagomed Jalilov (Ispaniya) 

3. Arlen Lopes (Kuba)  


86 kg vazn toifasi 

1. SHarabutdin Ataev (Rossiya)  

2. Aleksey Alferov (Belarus)  

3. Georgiy Kushitashvili (Gruziya) 

3. Rafael Ovanesyan (Armaniston)  


92 kg vazn toifasi 

1. Muslim Gadjimagomedov (Rossiya)  

2. To'rabek Habibullaev (O'zbekiston)  

3. Emanuel Reyes (Ispaniya) 

3. Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon)  


+92 kg vazn toifasi  

1. David Surov (Rossiya)  

2. Arman Maxanov (O'zbekiston)   

3. David CHoloyan (Armaniston) 

3. Muhammad Abdullaev (Ozarbayjon)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: