SportUz.Net
iks
ads

IBA JCH-2025 yakunlarini sarhisob qilgan Qayrat Satjanov hakamlik mavzusiga ham to'xtaldi

14.12.2025 13:54    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov Dubay (BAA) shahrida yakuniga etgan IBA Jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jahon chempionati yakuniga etdi. Unda shogirdlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Hammadan mamnunman, yigitlar qo'llaridan kelganini qilishdi, bor kuchlarini ishga solishdi, munosib ishtirok etishdi. Bir nechta janglar raqiblar qo'liga o'tib ketganini o'zingiz ko'rdingiz. SHunday bo'lsa-da, men juda mamnunman. Fikrimcha, so'nggi jangda Sabirjan Akkalikov g'alaba qozongandi. Hakamlar...

Endi 2026 yilgi mavsum musobaqalariga tayyorgarlik ko'ramiz. Xatolar ustida ishlaymiz, tajriba orttiramiz. Ushbu turnir biz uchun bo'lajak Osiyo o'yinlari oldidan mashg'ulot bo'ldi. Yaxshi lahzalar va o'z o'rnida xatolar ham bo'ldi - sarhisob qilamiz va xulosa chiqaramiz.

Kelgusi yil Osiyo chempionati va boshqa yirik turnirlar bo'lib o'tadi va eng asosiy start Osiyo o'yinlaridir. O'ylaymanki, Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'ramiz va xalqimizni oltin medallar bilan xursand qilamiz", - dedi Satjanov.

Eslatib o'tamiz, IBA jahon chempionatida Qozog'iston terma jamoasi oltita medal qo'lga kiritdi: Saken Bibosinov (54 kg), Orazbek Asilkulov (57 kg), Ablayxan Jusupov (71 kg) oltin; Sabirjan Akkalikov (75 kg) kumush; Temirtas Jusupov (48 kg) va Ertugan Zeynullinov (63,5 kg) - bronza.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: