SportUz.Net
iks
ads

Javohir Ummataliev - JCH kumush medali sohibi!

13.12.2025 21:09    


Rasmni yuklab olish

BAAda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.

Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev finalda rossiyalik Jambulat Bijamovga qarshi ringga ko'tarildi.

Jang to'liq davom etdi va unda afsuski Javohir 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi.

Eslatib o'tamiz, Javohir bungacha Seyshel Orollari, Gaiti, Qirg'iz Respublikasi, Serbiya va Kuba bokschilarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga qadar etib kelgandi. 

Malumot uchun, Ummataliev shu yil sentyabr oyida World Boxing tomonidan o'tkazilgan Jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo'lgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: