
Sexudo UFC 323 turnirida hamyurti Peyton Talbottga qarshi jangda mag'lub bo'lganidan so'ng MMA’dan ketishini elon qilgan edi.
"Men bolalar uchun kitob ustida ish boshlayapman va ko'plab afsonalarga yordam berishni xohlayman. Menda yordam bermoqchi bo'lgan buyuk sportchilarning katta ro'yxati bor — ularni biznesga o'rgatish, haqiqiy tarixlarini so'zlab berish imkonini yaratishni istayman. Mening ham farzandlarim bor va bolalarni rostgo'y, haqiqiy hikoyalar bilan ilhomlantirish naqadar muhim ekanini yaxshi bilaman.
Kichik Genri bo'yi past bola bo'lgan — shuning uchun bo'y o'sish mavzusini ham albatta kiritmoqchiman. Turli sportchilarni jalb qilmoqchiman, ular o'z tarixini o'zi so'zlab bersin, o'zlari muallif bo'lsin. Bolalar haqiqiy voqealarni o'qishadi, “Timmi yiqilib tushdi va jarohatlandi” kabi ertaklarni emas. Bu ochiq material bo'ladi va umid qilamanki, u ko'plab bolalarni ilhomlantiradi", — dedi Sexudo.
Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi