
Musobaqada eng og'ir (+92 kg) vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Arman Maxanov finalda rossiyalik David Surovga qarshi jang o'tkazdi.
Bahs 2-raundda to'xtatildi. Bokschimiz o'tkazib yuborilgan zarbalardan so'ng murabbiylarimiz jangni to'xtatishga qaror qilishdi.
SHu tariqa, Maxanov musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
Malumot uchun, Maxanov finalga qadar IBA Pro jamoasi azosini, shuningdek Belarus, Kuba va Armaniston vakilini mag'lubiyatga uchratgandi.