
Ushbu musobaqada dunyoning 108 ta davlatdan 428 nafar bokschi ishtirok etdi.
O'zbekiston terma jamoasi ham bahslarda to'liq tarkib bilan qatnashdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi bokschilari 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'ldi:
Oltin:
-51 kg. Hasanboy Do'smatov
-67 kg. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
Kumush:
-60 kg. Abdumalik Xalokov
-80 kg. Javohir Ummataliev
-92 kg. To'rabek Xabibullaev
+92 kg. Arman Maxanov
Bronza:
-54 kg. Asilbek Jalilov
-57 kg. Xo'janazar Nortojiev
-75 kg. Fazliddin Erkinboev.
Musobaqada umumjamoa hisobida Rossiya terma jamoasi 7 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medal qo'lga kiritgan holda 1-o'rinni band etdi.
Ikkinchi o'rinni Qozog'iston bokschilari egalladi (3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza).
O'zbekiston terma jamoasi esa 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan uchinchi bo'ldi.
