SportUz.Net
photo photo

Yo'g'e! Petr Yan Marlon Vera bilan jangni rad etganmidi?

24.06.2022 09:20    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik UFC jangchisi Petr Yanning menejeri Sayat Abduraxmanov Marlon Vera bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

— Petr Yan rostdan ham Marlon Vera bilan jangni rad etdimi?

"Ha. Avgust oyini taklif qilishdi. Biz esa avgustda jang qilishni istamasligimizni aytdik. Agar hozir yig'in tashkil qiladigan bo'lsak, mashg'ulotlarning "oyog'i osmondan" bo'lib ketadi. Bundan tashqari, murabbiylarimizda yana viza bilan bog'liq muammo yuzaga keladi. Xullas, sentyabr oyida jang qilishga tayyorligimizni aytdik. Lekin UFC aynan avgust oyi uchun markaziy jang kerakligini aytdi. Bu so'rovga Dominik Kruz javob berdi va ular Vera — Kruz jangini tashkillashtirishdi", - dedi menejer.

Eslatib o'tamiz, Petr Yan so'nggi bor, 10 aprel kuni Aljemeyn Sterlingga qarshi jang qilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: