SportUz.Net
photo photo

Deontey Uaylder faoliyatini davom ettiradi

27.05.2022 17:40    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder faoliyatini davom ettirish niyatida ekanini takidladi.

Bokschi ketma-ket ikki marta Tayson Fyuriga mag'lub bo'lgan, shu bilan birga WBC kamaridan ham ayrilgandi. Deontey o'sha mag'lubiyatdan beri hali jang o'tkazgani yo'q. U xatto navbatdagi jangi qachon va kimga qarshi bo'lishini ham bilmaydi.

"Faoliyatimni davom ettirish niyatidaman. Ko'p narsalardan voz kechishim zarur. Agar bokschilik faoliyatimni qayta davom ettirsam, farzandlarimdan uzoqda bo'laman. Sababi hozir o'zim xohlagandek hayotdan rohatlanyapman. Bu erda bo'lish, umrimning oxirigacha o'zim xohlagandek yashash uchun ko'p narsani qurbon qildim.

Hayotimni nafaqat oilam, balki butun dunyo bilan yana bir bor bog'lash niyatidaman. Bu so'nggi sayohatim bo'ladi. Agar bu noqulaylik tug'dirsa, oilamdan kechirim so'rayman, lekin menga dunyo kerak. Mendan boksga qaytish-qaytmasligim haqida ko'p so'rashdi. Ko'pchilik qaytishim kerakligini aytdi. Aynan shu talab asosida qaytyapman. 

Menga boks biznesi kerak. Hech kimni Amerika chempioni bilan taqqoslab bo'lmaydi. "Hech kim" bo'lmasa, boks o'lik hisoblanadi. Endi esa umidsizlik bor. Odamlar bu farqni tushunishdi”, - dedi Uaylder.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: