SportUz.Net
photo photo

O'zbekistonlik mutaxassis Dilshod Kazakov AIBA tibbiy va antidoping qo'mitasi azosiga aylandi

29.03.2021 09:20    


Rasmni yuklab olish

Kuni kecha xalqaro toifadagi AIBA shifokori Dilshod Kazakov nomiga tashkilot rahbari Umar Kremlyov nomidan xat keldi.

Unda hamyurtimiz tashkilotning Tibbiy va antidoping qo'mitasi azosi etib tayinlanganligi malum qilingandi. 

"Hurmatli janob Kazakov. Mamnuniyat bilan shuni elon qilamanki, AIBA direktorlar kengashi tomonidan o'tkazilgan ovoz berish jarayonidan so'ng siz tashkilotning Tibbiy va antidoping qo'mitasi azosi etib saylandingiz. Ishonchim komilki, siz katta bilim va tajribangiz bilan ushbu qo'mita rivojiga o'z hissangizni qo'sha olasiz.

Fursatdan foydalanib, ushbu yangi lavozimga saylanganingiz bilan muborakbod etaman va yaqindan hamkorlik qilishimizga umid bildiraman.

Hurmat bilan AIBA prezidenti Umar Kremlyov", - deyiladi mazkur xatda. 

Malumot uchun, Dilshod Kazakov ayni paytda Osiyo tibbiy komissiyasining raisi ham hisoblanadi.

O'zbekiston boks federaciyasi mutaxassisimizni mazkur ishonch bilan qutlaydi va oldindagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: