Unga ko'ra, hamyurtimiz o'zining WBA International kamarini meksikalik Patrisio Lopes Moreno (28-4, 20 KO) dan himoya qiladi. Bu haqda Mir Boksa promouterlik kompaniyasi xabar bermoqda.
Avvalroq G'iyosovga rossiyalik Isa CHaniev (14-3, 6 KO) raqiblik qilishi aytilgandi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang 3 aprel kuni Toshkent shahridagi "Humo Arena"da tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jang qiladi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi