SportUz.Net
photo photo

Eddi Xirn: "Fyuri va Joshua o'zaro jangni Britaniyada, iyun-iyul oylarida o'tkazishni afzal ko'rgan bo'lishardi"

19.03.2021 13:40    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirn Entoni Joshua va Tayson Fyuri o'zaro jangni qaerda o'tkazishni xohlashayotgani haqida gapirdi.

"To'g'risini aytsam, Joshuaga shunchaki Fyuri kerak. U Pulevga qarshi jangdan so'ng faqat bir insonni o'ylab mashq qilmoqda. Joshua shunchaki ringga chiqib Fyuridan kamarni tortib olmoqchi. U bu ishni istalgan joyda bajarishga rozi. 

Albatta, Fyuri va Joshua o'zaro jangni Britaniyada, iyun-iyul oylarida o'tkazishni afzal ko'rgan bo'lishardi. Hukumat bizga 2021 yilning iyun oylarida hayot normal holatga qaytishi haqida gapirdi. Ammo, "Uembli" stadioniga iyun oyida yuz ming odam to'plash bu tavakkalchilik va juda dadil qadam bo'ladi", - dedi Eddi Xirn.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: