Taniqli teleboshlovchi va boks sharhlovchisi Maks Kellerman og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder (42-1-1, 41 KO) Tayson Fyurining Entoni Joshuaga qarshi jangiga xalal bermaslik uchun tovon puli olishini malum qildi.
"SHartnomani ko'rib chiqishga hojat yo'q. SHartlarga ko'ra, Uaylder chempionlik jangiga xalal bermaslik uchun yaxshigina tovon puli oladi.
Gap 5-10 million dollar haqida ketmoqda. Deontey faqat kutishi uchungina pul oladi", - Kellermanning so'zlarini keltiradi ESPN.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi birinchi jang 2021 yilning yozida bo'lib o'tishi kerak.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"