"Menimcha, uning tugatilmagan ishi bor. Ehtimol, unga 29-0 etarli emasdir. Xabib 30-0 ni xohlaydi, ammo bu to'g'ri tanlov bo'lishi zarur. Haqiqatdan ham juda qiziqarli nuqta. U allaqachon Jastin Getji, Konor Makgregor, Dastin Poreni mag'lubiyatga uchratgan. U men va CHarlz Oliveyradan tashqari kuchli beshlikdagi barchani engdi.
Kamarni qo'lga kiritishim kerak, ehtimol uni bir marta himoya qilishim, boshqalarni nokaut qilishimni, eng yaxshi jangchi ekanligimni ko'rsatishim lozim. Bunday mukammal jangchining mavjudligi Xabibni o'ziga jalb qiladi va 30-0 uchun kurashishga harakat qiladi. Biroq bu 29-1 ga olib keladi degan gumonim ham bor.
Menga biroz vaqt kerak. Oldimga yana bir nechta jangchini qo'ying, hammasini nokautga uchrataman va unga qarshi kurashishda davom etaman", - deya CHendlerning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.