SportUz.Net
photo photo

"Huquqshunoslikdan - promouterlikkacha". Boks mafiyasi - Bob Arum haqida nimalar bilasiz?

17.03.2021 17:00    


Rasmni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda sportchilar haqida malumotlarni topish muammo emas.

Biroq sportchilarni boshqaradigan insonlar haqida bilganlarimiz juda oz.

Quyida odamlar tomonidan boks mafiyasi, Ali, Forman va De La Xoyyaning muvaffaqiyat kaliti sifatida tan olingan shaxs-Top Rank Promotions kompaniyasining prezidenti Bob Arum haqida so'z boradi.

Bob Arum 1931 yil 8 dekabrda Nyu-Yorkda tug'ilgan. Asl mutaxassisligi huquqshunos bo'lgan Arum tasodif tufayli boks olamiga kirib kelgan.

1962 yilda Arumga Adliya vazirligi tomonidan shu yilning 25 sentyabr oyida bo'lib o'tgan Sonni Liston va Floyd Patterson o'rtasidagi og'ir vazn toifasida jahon chempionligi jangidan tushgan mablag'larni musodara qilish vazifasi topshirildi. Bu ish davomida bir paytlar televidenie faoliyat yuritgan Leo Bernet bilan uchrashdi. Co kompaniyasining vice-prezidenti Lester Malits 1965 yilgi Terrel-CHuvalo jangining promouteri edi. U o'zi uchun Bob Arumni himoya qilishi kerak edi. 1966 yilda Malits tashkil qilgan jangda ring anonseri sifatida tayinlangan Jim Braunning taklifidan keyin Arum boks targ'ibotchisiga aylandi. 2016 yilda Braun Arumning 1966 yilda televizion jangni ko'rganini xotirladi:

«Arum ko'rgan birinchi jang Terrell-CHuvalo edi va buni televizion yuk mashinasidan tomosha qildi»,-deydi Braun. Bob Braun uni Muhammad Ali bilan tanishtirishiga ishongan. Ali unga boks promouteri bo'lishni o'rgatgan. Arum Alining kompaniyasi vice-prezidenti va kotibi bo'ldi. «Lester»ning o'g'li Maykl Malits Arum singari kompaniyaning 20% akciyalariga egalik qildi va uning vice-prezidenti bo'ldi. Jim Braun 10 % akciyaga egalik qilgan hamda reklama bo'yicha masul vice-prezidenti bo'lib ishlagan. Arum o'zining ilk jangini to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilganiga shama qilib 1966 yilgi Muhammad Ali va Jorj CHuvalo Torontoning jangi haqida «Ali bilan o'tkazgan birinchi jangimga qadar boks musobaqasini ko'rmaganman»,-deb aytgan edi.



Yulduzlar to'qnashuvini tashkil qilish

1980 yillarda Arum Don King bilan raqobatlashib, sportni harakatlantiruvchi katta kuchga aylandi. U Marvin Xeygler-Roberto Dyuran, Xaygker-Tomas Xirns kabi super to'qnashuvlarni tashkil qildi. Arum 1986 yil aprelda Las-Vegasda Xaygler-Jon Mugabi, Xirns-Jeyms SHulerning revansh janglarini o'tkazdi. Jangdan so'ng birinchi raundda nokaut bilan yutqazgan SHuler Arumning mehmonxonasiga kelib Xirns bilan kurashish imkonini bergani uchun unga minnatdorchilik bildirdi.

Arum 1989 yilda Xeygler-Sugar Rey Leonard jangi, Suger Rey-Tomas Xirns revansh uchrashuvi, Evander Xolifild va Jorj Forman kabi yulduzlar to'qnashuvini uyushtirishda davom etdi. 1990 yilllardagi Arumning bazi yulduzlar orasida sobiq jahon chempioni Maykl Karbaxal, olti yo'nalishda jahon chempioni Oskar De La Xoyya, sakkiz yo'nilish chempioni Menni Pakyao, uch yo'nalishda chempionlikni qo'lga kiritgan Erik Morales bor edi. Bob afsonaviy chempion Xulio Sezar CHavesni faoliyatining so'nggi yillarida ham qo'llab-quvvatladi.

Oxirgi yillarda Arum asosan ispaniyalik jangchilar bilan shartnoma qilgan.Bunga ispaniyaliklar orasida o'tkazilgan so'rovnomalarda boksning eng ommabop sport turi sifatida ko'rsatilgani turtki bo'lgan. U ko'plab boks oqshomlarini AQSHning janubi-g'arbiy qismida, ispan tilida so'zlashadigan aholisi katta shaharlarda o'tkazgan. U 140, 147, 154, 160 kg vaznda jahon chempionlik kamarlari sohibi puerto-rikolik Midel Kotto bilan ulkan muvaffaqiyatga erishdi; 2002 yildan 2007 yilgacha 147 kg vazn toifasida WBO kamariga ega bo'lgan meksikalik Amerika vakili Antonio Margarito; uning hamyurti, hozirgi kunda engil vaznda WBC/WBO yo'nalishlari chempioni Xose Ramires; engil vazn toifasida amaldagi chempion gonduraslik Teofimo Lopes va yarim og'ir vaznda WBO kamarining sobiq egasi Oskar Valdez kabi superyulduzlarni porlashida hissa qo'shgan.



Qarama-qarshiliklar

Bob boks targ'ibotchisi sifatida ko'plab tortishuvlarga aralashgan. Bir nechta janglarni birgalikda o'tkazgan Don King bilan 40 yillik adovatda bo'lgan. UFC prezidenti Dana Uayt ham Arumning ashaddiy tanqidchisi bo'lgan va ikkalasi uzoq muddatli, keskin tarzda kurashganlar. 2018 yilga kelib qisqa vaqtli boks raqobatchilariga aylanishdi.



1994 yilda u Jon Deyli bilan Gonkongda Hight Noon uchun kurashgan. So'nggi daqiqalarda Barri Xirn bokschilarini olib chiqib ketganida ham Top Rankdan hech qanday sado chiqmagan paytda janglar to'xtatilgan.

Bob Arum o'z ixtiyor bilan 1995 yilda IBF prezidenti Robert Liga («Bobbi») 200 000 dollar, birinchi yarmi-100 000 dollarini vositachi Stenli Xofman orqali pora berganligiga guvohlik berib, Li avval 500 000 AQSH dollarini talab qilganini aytdi. Schulz-Forman janggini maqullash evaziga 200 000 dollarga erishgan (uning yarmini hech qachon olmagan) Robert Li 1999 yilda raketchilikda ayblangan, ammo 2000 yilda pul yuvish va soliq to'lashdan bo'yin tovlashda aybdor deb topilgan. Lining ko'rsatmalaridan so'ng Arumga sankciyalar qo'yilgan va Nevada shtati atletik komissiyasi tomonidan 125 000 dollar jarimaga tortilgan. Boks agentlari Sedrik Kushner va Dino Duva ham Li kabi to'lovlarni amalga oshirganliklarini tan olishdi. Oskar De La Xoyya Arumni sudga berdi va 2001 yil yanvar oyida Top Rank bilan shartnomadan qonuniy ravishda ozod qilindi.



Arum va De Xoyya o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni to'xtashi

Bob 2003 yil 13 sentyabr kuni Oskar De La Xoyya va SHakar SHeyn Mozli o'rtasidagi jang hakamligidan shikoyat qildi va De La Xoyyani qo'ldan chiqarishiga olib kelgan Nevada shtati kommissiyasi azosidan noroziligini aytdi. Keyinchalik Arum kommissiya raisi Lyuter Mak haqidagi gapi uchun uzr so'radi. 2004 yil yanvar oyining birinchi haftasida FQb xodimlari Arumning Las-Vegasdagi Top Rank ofisida tintuv o'tkazdilar. Bob tatilda bo'lganida uning ofisida tintuv o'tkazilgan va Federal Qidiruv Byurosi dastlab reyd haqida izoh berishdan bosh tortgan. Ommaviy Axborot Vositalarida esa, FQB De La Xoyya va SHeyn Mosli o'rtasidagi revansh jangiga tasir o'tkazishda ishtirok etganligi haqidagi davolarni tekshirmoqda, garchi, De La Xoyya yutqazgan va Arum Oskarning promouteri bo'lgan. SHuningdek, federal agentlik Erik Eschning bazi janglari hamda Xorxe Pares-Verdell Smit to'qnashuvini o'rganayotganini elon qildi. Tergov 2006 yil yozda hech qanday ayblovlarsiz yopilgan.

2007 yilda Yahoo Sports «Floyd Meyvezer uni faoliyatining boshi(1996 yildan-2006 yilgacha)dan oxirigacha ko'targan Arumni asosan unga kam maosh to'lashda, uning istedodini eksplutaciya qilishda va amaldorlarni manipulaciya qilishda ayblagan» deb yozgan edi. SHu bilan birga boks yuziga aylanayotgan Meyvezer 2015 yilda Yahoo Sports'ga: «Bob Arum haqida aytadigan yomon gapim yo'q»,- degan. Arum HBOni sportdagi chegaralardan o'tib, amaldagi promouterga aylanib, uni promouter sifatida qasddan yo'q qilishga urinayotgani uchun sudga murojaat qildi. Arum o'zining jangchisini HBO kompaniya istaganidan ko'proq kurash olib borishni talab qilganidan keyin Meyvezerni ekslyuziv shartnomasidan voz kechganligi uchun norozi bo'lib, sudga shikoyat qilgan. Sud davodan tashqari qaror qabul qildi, ammo Arum HBOni tanqid qilib kelmoqda:

«O'tmishdagi kabi promouterlar bilan ishlash o'rniga , ular o'zlari promouterlarga yalinishdi. Ular janglarni xuddi promouterlar va pulli jangchilar kabi qilishadi»,-dedi Arum. «Bu ularning pullari va o'zlari xohlagan narsani qilishlari mumkin, ammo Don King ham bunga ergashishi shart emas. Men ham, King ham HBO yoki Showtime'da kelisha olmaymiz…"

2009 yilda Arum Antonio Margaritoni AQSHning Kaliforniya shtatida boks licenziyasidan mahrum qilganida (uning qo'llari noqonuniy o'ralgan, u irqiy motivga ega ekanlikda ayblangan) Top Rank Kaliforniya shtatiga qaytib kelmasligini aytdi. Muammo tuzatildi. SHu yili Arum Bas Butten tomonidan UFC muxlislarini «qora yigitlar» deb ataganligi uchun irqchilikda ayblangan.



2020 yilda Bob o'zining eng yaxshi bokschilaridan biri Terens Krouford ham o'zini yaxshiroq reklama qilishi kerakligini aytdi. U o'z vaziyatini sportning boshqa buyuk shaxslari bilan taqqosladi. Arum Kroufordning so'nggi uchta jangida yo'qotgan puliga puliga Beveli-Xillzda uy qurishi mumkinligini aytdi. Krouford ham bunga beparvo qaramadi va ko'p sonli ommaviy axborot vositalari orqali Arumning izohlaridan ko'ngli qolganini ko'rsatdi.


SHaxsiy hayoti…

Arum ikki marta uylangan. Birinchi xotini bilan 3 nafar farzandi bor edi: Richard, Elizavetta va Jon. Jon Arum atrof-muhit bo'yicha advokat bo'lgan. U SHimoliy Kaskadlar tog'ida qor bo'roni ichida qolib vafot etgan. U o'g'li haqida shunday so'zlarni aytgan:

«Aytaylik, Jon mendan juda zukko edi va uning qilgan ishlari men qilgan hamma narsadan muhimroq edi»,-deydi Bob mag'rurlik bilan, shuningdek yana ikki farzandining yutuqlari bilan.

«Jon hind qabilasi nomidan Oliy Sud bilan muvaffaqiyatli bahslashdi. U ekologik huquqshunos va suv ishlari bo'yicha mamlakatning etakchi mutaxassislaridan biri edi. O'g'lim bu mavzularni qiziqarli deb topdi, men esa tushunarsiz deb hisobladim»

Arum o'g'lining tog'larga chiqishga bo'lgan ishtiyoqini qo'rqinchili deb biladi, shuning uchun bu haqida gapira olmaydi. «Jon Vashingtonning eng yaxshi 100 ta cho'qqisiga chiqishni maqsad qilgandi va ularning 81 tasini zabt etgan. Bu ishlar uni tirikdek saqlaydi. Bizda uning bir nechta rasmlari bor. Men ularni uyimda, ishxonada saqlayman. Rasmlarga qarash menga tasalli beradi. Men u bilan hatto suhbatlashishim mumkinligini ham angladim»

Bob o'g'li bilan oxirgi marta uning vafotidan ikki hafta oldin Nyu-York da yozgi oilaviy uchrashuvda suhbatlashgan. «Hayotdan o'rgangan sabog'im: farzandlaringiz va nabiralaringizga iloji boricha ko'proq vaqt sarflang. Odamlar menga 49 yil davomida shunday buyuk o'g'ilning otasi bo'lishdek baxtga egaligimni aytishadi. Ota sifatida men yana nima xohlashim mumkin? Ko'proq vaqt…”,-deydi u

1991 yilda Arum Lovee du Boefga uylandi, u bilan ikkita o'gay farzandi bor: Top Rank prezidenti Tod du Boef va kompaniyaning birinchi vice-prezidenti Dena du Boef. Bob Las-Vegasdagi Sands Corp kazinosining egasi-milliarder SHeldon Adelsonning yaqin do'sti va biznes sherigi hisoblanadi. Bob 2016 yilgi AQSH prezidentlik saylovlari arafasida Xillari Klintonni qo'llab-quvvatladi.



«Marixuana ishi»

Arum 1975 yilda «Marixuana ishi»da o'zining do'sti, Yamaykada tug'ilgan boks targ'ibotchisi, kinorejissor va ot poygasi ixlosmandi Lusien CHenning buyrug'i bilan buzilgan DEA agenti "Stoks"-nashani demokratlashtirish tarafdori sifatida paydo bo'ldi.

2017 yildagi intervyularidan birida 1966 yildan nasha chekishni boshlaganini aytib, «Nasha siz uchun foydalidir. Nikson mamuriyati davrida odamlar nashani geroin va kokain bilan bir qatorga qo'ydilar va bu noto'g'ri edi. Marixuana ko'p jihatdan sportchilarga giyohvand moddalarga qaraganda og'riq qoldiruvchi dori sifatida foydaliroqdir. Nazarimda NFL marixuana bo'yicha o'z siyosatini qayta ko'rib chiqadi va bu barchaga kerak. Aynan Nikson mamuriyati marixuanani cheklab ko'plab odamlarga, ayniqsa, o'pka saratoniga chalingan bemorlarga juda zarar keltirdi. Marixuana teraepevtik vosita bo'lishi mumkin»,-degan Bob.

Arum biz va siz ko'rgan boks olamidan tashqari mana shunday «ish»larga ham «bosh qo'shgan»

1999 yilda Bob Arum Xalqaro boks shon-sharaf zaliga, 2003 yilda esa Janubiy Kaliforniyadagi sport shon-sharaf zaliga kiritilgan.

Hozirgi paytda Bobga Eddi Xirn raqiblik qilmoqda. Ularning bahsi-uzoq yillik tajriba va yangi davrning shiddati to'qnashuvidir!

SARVINOZ RAXMONQULOVA tayyorladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: