"Men shu kungacha hech qachon Maks Xolloueyni oktagonga chorlamaganman. Hatto u chempionlik kamariga ega bo'lib turgan paytda ham. Lekin ayni paytda menda u bilan jang o'tkazish istagi paydo bo'ldi. Odamlar uni mag'lub etishimga ishonishmaydi. Uning baland bo'yi, tajribasi, universal jangchi ekani ustun jihatlari. Ammo, menga aynan shundaylar yoqadi. Odamlarga isbotlash uchun ham bunday janglarda qatnashaman", — deya Sexudoning so'zlarini keltirmoqda BJ Penn.
Eslatib o'tamiz, Genri Sexudo 2020 yilning may oyidagi g'alabali jangidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. So'nggi intervyularida esa u oktagonga qaytishi haqida gapirmoqda.
Drikus Dyu Plessi: "CHimaev Aleks Pereyraga qarshi jangda imkoniyatlarga ega bo'lmaydi"
"Hayron bo'lmadim". CHimaev Ankalaevning UFC 320 dagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi