Ushbu boks kechasi 24 aprel kuni Floridada o'tkaziladi. Unga arena sig'imi bo'yicha cheklanmagan miqdorda muxlislar kiritiladi. AQSHda muxlislar kiritilgan so'nggi boks oqshomi o'tgan yilning iyulida o'tkazilgan edi.
Oqshomning markaziy jangi yarim engil vaznda WBO chempioni Emmanuel Navarrete hamda WBO reytingida 6-o'rinni egallab turgan puertorikalik Kristofer Dias o'rtasida bo'lib o'tadi.
Yana bir qiziqarli jang puertorikalik 23 yoshli Edgar Berlanga ishtirokida o'tkaziladi. U qatorasiga 16 ta jangini birinchi raundning o'zida nokaut bilan yakunlagani bilan mashhur. Edgarning raqibi amerikalik 28 yoshli Demond Nikolson bo'ladi.
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"