SportUz.Net
photo photo

UFC jangchisi Aleksandr Volkov koronavirusga chalindi + FOTO

22.01.2022 13:20    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik 33 yoshli UFC jangchisi Aleksandr Volkovda koronavirus aniqlandi.

Bu haqda uning o'zi Instagram sahifasining "storizi"da xabar berdi. Volkov COVID-19 uchun topshirgan testi ijobiy natija bergani haqidagi suratni joylagan.

"Kun kofe bilan boshlanmadi", — deya suratga izoh ham qoldirgan Volkov.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Volkov navbatdagi jangini 19 mart kuni UFC Fight Night turniri doirasida britaniyalik Tom Aspinallga qarshi o'tkazadi. Aynin Volkov ishtirokidagi jang oqshomning markaziy to'qnashuvi bo'ladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: