
Entoni Joshuaga qarshi jangda jag'ini sindirib olgan Jeyk Pol kelasi yili ringga qaytadi.
"Uning ahvoli yaxshi. SHubhasiz, kun davomida og'riq juda kuchli davrlar bo'ladi. Ammo og'riq umuman bo'lmaydigan payt ham bor. Tiklanish jarayoni besh-olti hafta davom etadi. U 2026 yilda ringga qaytishga etibor qaratmoqda. Men jag' sinishini faoliyatni yakunlaydigan yoki uni belgilaydigan jarohat deb hisoblamayman. MMA’da Junior Dos Santos jag'ini sindirdi, unga plastinkalar qo'yishdi, shundan so'ng u qaytib keldi va chempion bo'ldi" - dedi Bidaryan.
SHuningdek, promouter hozirda ularning huquqshunoslar jamoasi jangning shartnomaviy xarakteri haqida malumot tarqatayotganlar bilan faol shug'ullanayotganini malum qildi.
"Huquqshunoslarimiz hozir bu borada faol ishlamoqda, bu odamlar bilan shug'ullanishmoqda. Ulardan biri, xususan, internetda o'zini advokat sifatida ko'rsatgan va Ey Jey Jeykni nokautga uchratmasligi kerak bo'lgan kelishuv borligini davo qilgan, ammo go'yoki kelishuvni etiborsiz qoldirib, gonorardan voz kechgan va Jeykni nokautga uchratishga qaror qilgan.
Men Lu Dibellaning bir talay bemani narsalarni yozganini va hatto shunday deganini ko'rdim: "Nakisa, kel, meni sudga ber, lekin bu haqiqiy jang emas edi - u yarim kuch bilan urdi, u yuz foiz kuchini bermadi". Faqat odamlargina gapirmasligi hayratlanarli", - deya qo'shimcha qildi Bidarian.
Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua va Jeyk Pol o'rtasidagi boks jangi oltinchi raundda yakunlangandi. Britaniyalik superog'ir vaznli bokschi amerikalikni kuchli apperkot zarba bilan jag'ini sindirgandi. SHundan so'ng, yutuber operaciya qilindi - unga titan plastinkalar o'rnatildi va bir nechta tishlar olib tashlandi. Turli malumotlarga ko'ra, Joshua va Pol jang uchun 40 milliondan 100 million dollargacha daromad olishgan.

Rasman! Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili elon qilindi (POSTER)