SportUz.Net
iks
ads

Netflix: Joshua - Pol jangini pullik strimda qancha odam tomosha qilgani aytildi

24.12.2025 12:48    


Rasmni yuklab olish

Netflix striming platformasi superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua va bloger Jeyk Pol o'rtasidagi jangning sotilgan translyaciyalari haqida malumot berdi.

Mayamidagi jangni 33 millionga yaqin teletomoshabin qonuniy ravishda pul to'lab kuzatib borgan. 

Taqqoslash uchun, sentyabr oyida Terens Krouford va Saul Alvares o'rtasidagi jangning tomoshabinlari 41 milliondan ortiq edi. Bu ko'rsatkich ham rekord emas. O'tgan yilning noyabr oyida Polning boks afsonasi Mayk Tayson bilan jangi 108 million kishining etiborini tortgandi, aynan shu jang rekord hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Entoni Joshua Jeyk Polni oltinchi raundda nokautga uchratgan edi. Bokschilarning umumiy gonorari taxminan 200 million AQSH dollarini tashkil etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: