SportUz.Net
iks
ads

Karlos Prates: "UFC Carukyanga qarshi jangimga ruxsat bermadi"

24.12.2025 13:54    


Rasmni yuklab olish

Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Karlos Prates Arman Carukyan bilan greppling jangini o'tkazmoqchi bo'lgandi.

"Men 16 yoshimdan beri jiu-jitsu bilan shug'ullanaman, bu borada qora belbog' sohibiman. Men bu qobiliyatimni ishga solganimda, odamlar hayron bo'lishadi. Menga 30 dekabr kuni Armanistonda Carukyanga qarshi greppling jangini o'tkazishni taklif etishdi va men rozi bo'ldim. Ammo UFC bunga rad javobini berdi. Men bu imkoniyatdan juda xursand bo'ldim, lekin ular bu jangning amalga oshishiga to'sqinlik qilishdi. Bundan hafsalam pir bo'ldi", - dedi Prates.

Karlos Prates noyabr oyida bo'lib o'tgan UFC 322 turniridagi so'nggi jangida britaniyalik sobiq chempion Leon Edvardsni nokautga uchratgandi. Braziliyalik UFC oktagonida 5 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: