SportUz.Net
iks
ads

Derek CHisora: "Jeyk Pol chempionlik kamarini qo'lga kirita oladimi? U sotib olishi mumkin"

24.12.2025 14:12    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik superog'ir vazn toifasi vakili Derek CHisora bloger Jeyk Polning professional boksdagi chempionlik istiqbollariga baho berdi.

"Pol jahon chempionlik kamarini qo'lga kirita oladimi? Boksda bo'layotgan voqealarga qarab, uni sotib olishi mumkin, deb o'ylayman. Sen WBC tashkiloti hamda bu yigitlarning barchasiga kamar olishni xohlayotganingni aytishing mumkin. Ular esa taklifni eshitib, shunchaki joyni bo'shatishadi", - dedi CHisora.

Eslatib o'tamiz, yozda Jeyk Pol kichik Xulio Sezar CHavesni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. SHundan so'ng, WBA shoumenni birinchi og'ir vazn toifasidagi eng yaxshi bokschilar reytingida 14-o'ringa qo'ydi.

O'tgan hafta Pol superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga oltinchi raundda nokaut bilan yutqazdi. Jang Mayamida bo'lib o'tdi. Jangdan so'ng Jeyk jag' suyagining ikki marta sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: